Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi
1 min read

Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Foto: Kun.uz

60/59, 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar berdi.

2022 yil 5 may kuni Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 60/59-sonli hamda 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha, ya’ni bir kunga to‘xtatiladi.

Xabarga ko‘ra, Farg‘ona vodiysidagi noqulay ob-havo sharoiti va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilganligi bois, poyezdlar harakati hamda yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsad qilingan.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilarga xarid qilingan chiptalar qiymati 100 foiz miqdorda qaytarib beriladi.

Shuningdek, vodiy viloyatlarida harakatlanadigan elektropoyezdlar harakat jadvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Fikr bildirish