Barcha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
1 min read

Barcha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tasarrufidagi ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, barcha turdagi maktab-internatlari, Mehribonlik uylarida (ta’lim tashkilotlari) autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Belgilab qo‘yilishicha:

ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan o‘tkaziladigan xarid qilish tartibi natijalariga ko‘ra tashkil qilinadi;

ta’lim tashkilotida ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etilganda, ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish va ovqatlanish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun to‘lov “nol” stavka bo‘yicha belgilanadi va ulardan samarali foydalanish, saqlanishi va butligi autsorserga yuklanadi;

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati:

 

ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, shuningdek, ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi, oshxona xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena talablari bajarilishiga rioya etilishini aniqlash yuzasidan sanitariya holatini o‘rganib boradi;

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda o‘quvchilarning fiziologik yoshiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yiladigan talablarni inobatga olgan holda, ularni ratsional kunlik ovqatlantirish me’yorlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Fikr bildirish