Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov sektor rahbarlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilarining keyingi manzili – Yangiqoʻrgʻon tumani, Oqtepa MFY, 92-uyda yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Muhammadibrohim  ota Inomovning xonadoni boʻldi.
1 min read

Muhammadibrohim Inomov uchun urushga yoʻl 1941 yil dekabrida Chortoqdan boshlandi. U shu yerda tarkib topa boshlagan oʻzbek otliq askarlar diviziyasiga qoʻshildi.
Bu paytda ota 19 yoshda edi.

Muhammadibrohim Inomov Stalingrad, Qrim, Ukraina, Polsha shaharlarini ozod qilishdagi janglarda qatnashdi.

Domla gʻalabani 1945 yil Germaniya tuprogʻida kutib oldi.

1947 yildan qishlogʻidagi maktabda oʻqituvchilikni davom ettirgan ustoz 1985 yilga qadar yosh avlodga ilm oʻrgatdi.

Viloyat rahbari urush va mehnat faxriysiga Prezidentimizning Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 77 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi. Otaxonga 15 million soʻm miqdoridagi pul mukofoti va qimmatbaho sovgʻalarni topshirdi.

Shuningdek, otaxon viloyat hamda tuman hokimligi tomonidan ham alohida ragʻbatlantirildi.

Fikr bildirish