Respublikamiz miqyosida «Toza havo” oyligining birinchi bosqichi yakunlandi. Bu tadbir viloyatimizda joriy yilning 10-aprelidan 10-mayiga qadar davom etdi.
1 min read

Respublikamiz miqyosida «Toza havo” oyligining birinchi bosqichi yakunlandi. Bu tadbir viloyatimizda joriy yilning 10-aprelidan 10-mayiga qadar davom etdi.

Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad atmosfera havosining avtotransport vositalaridan chiqayotgan zararli chiqindilar bilan ifloslanishini kamaytirish va ularning zararlilik darajasini tekshirish boʻyicha davlat nazoratini kuchaytirish hamda avtomobillarga yoqilgʻi qoʻyish, texnik xizmat koʻrsatish shoxobchalarida, avtokorxonalarda, avtomobil yoʻllarida atrof muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishdan iborat.

Bugun ham Kosonsoy tumanida Namangan viloyat Ekologiya boshqarmasi, tuman boʻlimi hamda Yoʻl harakati xavfsizligi inspektorlari hamkorlikda “Toza havo” oyligini yakuni boʻyicha nazorat tadbiri oʻtkazilibdi.

Tadbir davomida 150 dan ortiq yaqin avtomobillarda avtotransport vositasidan chiqayotgan zararli chiqindilar bilan atmosferani ifloslanishini va ularning zararlilik darajasini aniqlash ishlari amalga oshirildi. Taʼkidlash joizki, oʻtgan bir oy davomida Namangan viloyat Ekologiya boshqarmasi, tuman boʻlimlari tomonidan jami 2500 ta avtotransport vositalari nazoratdan oʻtkazildi.

Jumladan, viloyatimizdagi 2 ta yoʻl patrul xizmati postida, koʻchma ekologik postlar orqali jami 2868 ta avtomashinalar koʻrikdan oʻtkazilib, tadbir davomida avtotransport egalari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda aholi oʻrtasida targʻibot ishlari oʻtkazildi.


Ammo shuni ham taʼkidlash lozimki, atmosfera havosining ifloslanishi va ekologik muvozanatning buzilishida sanoat korxonalarining hissasi ham kam emas.

Shu bois «Toza havo” oyligi tadbiri yakunlanishiga qaramay joylardagi tabiatni muhofaza qilish inspeksiyalarining ishi toʻxtab qolmasdan, bu jarayon bosqichma-bosqich hamkor tashkilotlar bilan oʻrganib boriladi.

Namangan viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati

Fikr bildirish