Avstriya banklari Namanganni rivojlantirishda ishtirok etadi
1 min read

Avstriya banklari Namanganni rivojlantirishda ishtirok etadi

Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Avstriya Respublikasida boʻlib turibdi.

Bugun viloyatimiz delegatsiyasining Avstriya nazorat banki(Österreichische Kontrollbank AG) rahbari, doktor Xelmut Berinkopf bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Muzokaralarga boy oʻtgan uchrashuvda Namangan viloyati hokimi viloyatda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, bunyodkorlik, ayniqsa yoʻl infratuzilmasini yaxshilashga qaratilayotgan eʼtibor haqida gapirib berdi.

Shuningdek, tomonlar Namangandagi ijtimoiy loyihalarni imtiyozli kreditlar asosida moliyalashtirish boʻyicha ham muzokaralar oʻtkazdi.

Avstriya nazorat banki rahbari Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ishtirok etishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanini alohida taʼkidlab, oʻzaro munosabatlarni rivojlantirish tarafdori ekanini maʼlum qildi.

Namangan viloyati delegatsiyasining Avstriyaga safari davom etmoqda.

Fikr bildirish