O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotgan davlatlardan biri bo‘ldi
1 min read

O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotgan davlatlardan biri bo‘ldi

Avvalroq O‘zbekiston yanvar—mart oylarida 2,9 mlrd dollarlik oltin sotgani haqida xabar berilgan edi.

Foto: Bloomberg / Andreas Gebert

Chorak davomida 25 tonna oltin sotgan O‘zbekiston ushbu metallni eng ko‘p sotgan davlatlardan biri bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi xabar berdi.

Markaziy banklar oltinning faol xaridorlari hisoblanadi. Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, jahon Markaziy banklarining oltin-valyuta zaxiralaridagi oltin hajmi 84 tonnaga oshgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29 foizga kam.

Geosiyosiy inqiroz va ortib borayotgan inflyatsiya fonida markaziy banklarning oltinga bo‘lgan sof talabi alohida markaziy banklar tomonidan metallni katta sotish tufayli unchalik sezilmadi.

Oxirgi chorakda oltinning eng yirik xaridori Misr Markaziy banki bo‘ldi, u 44 tonna metall sotib olib, zaxiradagi hajmini birdaniga 54 foizga oshirdi.

Ikkinchi yirik xaridor esa 37 tonna oltin sotib olgan Turkiya Markaziy banki bo‘ldi. Bu Turkiyadagi oltin zaxiralarining umumiy miqdori 430 tonnadan oshib ketishiga sabab bo‘ldi.

Hindiston 6 tonna oltin sotib olib, oltin zaxirasini 760 tonnaga yetkazdi. Metallning mashhur xaridorlari Irlandiya va Ekvador bo‘lib, ular mos ravishda 3 va 4 tonna oltin sotib olgan.

Agar alohida markaziy banklar tomonidan maqsadli sotish bo‘lmasa sotib olingan oltin hajmi yuqoriroq bo‘lishi mumkin edi.

Chorak davomida Qozog‘iston (34 tonna) va O‘zbekiston (25 tonna) Markaziy banklari oltinni eng ko‘p sotgan davlatlar hisoblanadi.

Oltin sotib olish hajmining o‘sishiga sabab bo‘lgan qo‘shimcha omil Rossiyaning oltin-valyuta zaxiralariga (GFR) kiritilgan sanksiyalar edi.

Birinchi chorakda Yevropa Ittifoqi va AQSH Rossiya banki bilan barcha operatsiyalarni taqiqladi. Keyinchalik sanksiyalarga Yaponiya va Kanada qo‘shildi. Natijada 300 mlrd dollarlik aktivlar muzlatilgan.

Avvalroq O‘zbekiston yil boshidan beri birinchi marta oltin savdosini to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.

Fikr bildirish