Deputat “Gulpora” mahallasida Tibbiyot xonasi tashkil etdi
1 min read

Deputat “Gulpora” mahallasida Tibbiyot xonasi tashkil etdi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Olimxon Babaxanov tomonidan Namangan shahridagi Gulpora mahallasida keksa nuroniylar, nogironlar va homilador ayollarga tibbiy xizmat koʻrsatishni yanada yaxshilash, patronajlar faoliyatini yanada yaqinlashtirish maqsadida “Tibbiyot xonasi” tashkil etildi.

Deputatimiz bilan oʻtkazilgan uchrashuvda mahallamizga Tibbiyot xonasi tashkil etishda yordam soʻrab murojaat qilgandik deydi – mahalla fuqarosi Xalimaxon Toʻxtabayeva. Mana bugun deputatimiz tashabbusi va homiyligida Tibbiyot xonasi tashkil etildi. Biz mahalla aholisi bundan benihoyat xursandmiz.

Tibbiyot xonasida mahallaga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi 9-sonli oila poliklinikasi shifokor va patronaj hamshiralari navbatchilik asosida tibbiy xizmat koʻrsatishi belgilab qoʻyildi.

  1.      Mazkur Tibbiyot xonasi bugungi pandemiya davrida aholi salomatligini mustahkamlash, ayniqsa, koronavirusga qarshi kurashishga xizmat qiladi.

Fikr bildirish