Namangan shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh «Dashtbogʻ» kichik sanoat zonasida boʻldi.
1 min read

Namangan shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh «Dashtbogʻ» kichik sanoat zonasida boʻldi.

«Dashtbogʻ» mahallasida joylashgan ushbu kichik sanoat zonasida oʻndan ortiq korxonalar faoliyatini olib bormoqda. Ularda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozorda balki xorijda ham oʻz oʻrniga ega boʻlmoqda.

Masalan, «Aziz dizayn servis» masʼuliyati cheklangan jamiyatida koʻp turdagi erkaklar sumkalari ishlab chiqariladi. 50 nafardan ortiq aholi vakillari bandligi taʼminlangan jamiyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yetmish foizi chetga eksport qilinishi ham soʻzimizning isboti.

Korxonada boʻlgan ishchi guruh tomonidan tadbirkorlik subʼekti faoliyatini kengaytirish va ishchilar sonini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Fikr bildirish