NamMTI rahbariyatiga biriktirilgan yoshlarning murojaatlari ijobiy yechim topmoqda
1 min read

NamMTI rahbariyatiga biriktirilgan yoshlarning murojaatlari ijobiy yechim topmoqda

Ayni kunlarda Namangan muhandislik-texnologiya instituti rahbariyatiga biriktirilgan viloyatimiz mahallalaridagi 49 nafar yoshlarning muammolarini oʻrganish va ularni hal etish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Masalan Namangan shahridagi «Ozod» mahallasida o’tkazilgan o’rganishlar davomida shu mahallada yashovchi fuqarolar, Oydina Sattarova chevarchilik faoliyati bilan shug’ullanish uchun mashina, shu mahalla fuqarosi Davronbek Mahmudov esa sartaroshlik kasbi bilan shug’ullanish uchun zarur bo’lgan jixozlarni olishda amaliy yordam so’rab institut rektoriga murojaat qilgan edi.

Oradan hech qancha vaqt o’tmay institut rahbariyatiga biriktirilgan yoshlarning murojaatlari ijobiy hal etildi. «Ozod» mahallasida yashovchi Oydina Sattarovaga institut rektori tomonidan zamonaviy chok tikish mashinasi sovg’a qilindi. Shuningdek, Davronbek Mahmudov ham o’z mahallasida sevimli kasbi sartaroshlik bilan shug’ullanish imkoniga ega bo’ldi. Unga ham sartaroshxona faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo’lgan mebellar, uskuna va jixozlar olib berildi. Institutda mazkur yo’nalish bo’yicha ishlar belgilangan reja asosida davom etmoqda.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Fikr bildirish