1 min read

🔘 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining oʻttiz ikkinchi sessiyasida uchastka saylov komissiyalari tarkibiga nomzodlarni tavsiya etish masalasi koʻrildi.

🗓 Bugun, 7 sentyabr kuni Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining navbatdagi oʻttiz ikkinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda komissiya tarkibiga tavsiya etilayotgan nomzodlar ishtirok etdilar.

Sessiya ishida deputatlar tomonidan 2021 yil 24 oktyabrda Kosonsoy tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalari tarkibiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

Tumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 6-Namangan saylov okrugini qarori bilan 59 ta saylov uchastkasi joylashgan binolar, saylov uchastkalari biriktirilgan mahalla fuqarolari yigʻinlari koʻchalari va saylovchilar soni haqidagi qarori qabul qilinib, matbuotda eʼlon qilingan.

Saylov kodeksining tegishli moddalariga muvofiq, fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining takliflarini inobatga olgan holda uchastka saylov komissiyasi tarkibiga nomzodlar Kengash muhokamasiga kiritildi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 6-Namangan saylov okrugiga tavsiya etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Kosonsoy tuman hokimlik Axborot xizmati

Fikr bildirish