“Yangi Oʻzbekiston – Uchinchi Renessans sari”
1 min read

“Yangi Oʻzbekiston – Uchinchi Renessans sari”

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va Gʻiyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan saylov okrugi hududidagi mahalla, korxona va tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyovning “Yangi Oʻzbekiston Strategiyasi” kitobi mazmun-mohiyati, ahamiyati va asosiy gʻoyalari targʻibotiga bagʻishlangan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Shu maqsadda Namangan shahri “Sohibkor” mahallasida aholi, jamoatchilik vakillari, ayollar va yoshlar ishtirokida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuv “Yangi Oʻzbekiston – Uchinchi Renessans sari” shiori ostida oʻtkazildi.

Uchrashuvda soʻzga chiqqanlar tomonidan kitobda Yangi Oʻzbekistonni barpo etish. Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va ustuvor yoʻnalishlari hamda istiqbollari haqida soʻz yuritildi.

Uchrashuv ishtirokchilari mazkur kitob taqdimoti orqali Yangi Oʻzbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi, mamlakatni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish uchun belgilab olingan strategik yoʻllar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Bu kabi uchrashuvlar boshqa hududlarda ham davom ettirilmoqda.

Fikr bildirish