Nobel mukofotining eng yosh laureati Malala Yusufzay turmushga chiqdi
1 min read

Nobel mukofotining eng yosh laureati Malala Yusufzay turmushga chiqdi

▪️Nobelni 17 yoshida qo‘lga kiritgan, o‘zbek yoshlari orasida «Men Malalaman» kitobi bilan mashhur Malala 24 yoshda turmushga chiqdi.

Nikoh marosimi Birmingemda, kichik davrada yaqinlari ishtirokida o‘tgan.

Asli pokistonlik Malala kichikligidanoq o‘zi yashayotgan hududda qizlarni ta’lim olishga targ‘ib qilgan. 2012-yilda maktabdan qaytayotganda «Tolibon» vakillari unga o‘q uzadi, biroq qiz tirik qoladi. Keyinchalik AQSHga migratsiya qilgan qiz Oksford universitetini tamomlaydi va inson huquqlari faoli bo‘lib yetishadi.

Fikr bildirish