Namangan viloyat hokimi investorlarni qabul qildi.
1 min read

Namangan viloyat hokimi investorlarni qabul qildi.

Bugun kunning ikkinchi Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazaqov Uychi tumanida joylashgan “Mega tekstil” qoʻshma korxonasi investori Nejmiddin Yavuzlarni qabul qildi.

Bugungi kunda 420 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritayotgan qoʻshma korxona rahbariyati tomonidan kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Xususan, qiymat zanjirining keyingi qismlari hisoblangan ipdan mato toʻqish, matodan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksportga yoʻnaltirish boʻyicha istiqboldagi rejalar, xomashyo tayyorlash boʻyicha takliflar muhokama qilindi.

Turkiyalik investor samimiy qabul va amaliy yordamlar uchun oʻzi hamda investorlar guruhi nomidan tashakkur bildirdi.

Fikr bildirish