Yashil makon umummilliy loyihasi
1 min read

Yashil makon umummilliy loyihasi

«Namanganning har bir tumanida shunday bogʻu rogʻ, daraxtzorlar yaratamiz. Yoʻl yoqalarida, ijtimoiy obʼektlar hududlarida boʻsh yerlar yashil maydonlarga aylanadi», – Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazoqov Chustda barpo etilayotgan 22 gektarlik Yangi Oʻzbekiston bogʻiga ilk koʻchat oʻtkazish marosimida ishtirok etdi.

Namanganda “Yashil makon” umummilliy loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.

Mana bugun “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi boshlanganiga ham oʻn kun boʻldi. Har kungi hasharlari natijasida hozirga qadar bir millionga yaqin mevali manzarali daraxt va buta koʻchatlari oʻtkazildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi yurtimiz boʻylab koʻchat ekib, bogʻ-rogʻlar barpo etish va tevarak-atrof musaffoligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun erta tongdan Chust tumanida ham ushbu loyiha koʻtarinkilik boshlandi.

Pungon-Namangan yoʻlida 22 gektar maydonda barpo etilayotgan «Yangi Oʻzbekiston bogʻi»dagi tadbir avvalida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazaqov ishtirok etdi. U oʻz soʻzida ushbu loyiha doirasida ekilgan koʻchatlar ekologiya va atrof-muhit muhofazasida muhim omil boʻlishni taʼkidladi.

Nuroniylar yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi uchun duoga qoʻl ochdilar.

Viloyat hokimi boshchiligida tuman sektor rahbarlari ham koʻchat ekishni boshlab berishdi.

Fikr bildirish