AYOLLARNI ASRASH – KELAJAKNI ASRASH
1 min read

AYOLLARNI ASRASH – KELAJAKNI ASRASH

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Zoʻrlik ishlatilishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2021-yil 6-oktabrdagi 625-sonli qarori yuzasidan Namangan davlat universitetida uchrashuv tashkil etildi.

Unda Namangan Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi “Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori”, katta leytenant G.Rahmatullayeva, Namangan shahar Sharshara MFY otinoyisi R.Qahhorova hamda pedagogika va psixologiya fakulteti professor oʻqituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.

Katta leytenant G.Rahmatullayeva soʻz olib, “Himoya orderi nima?”-degan savolga atroflicha toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, er-xotin oʻrtasidagi janjal sababli ham ayol murojaat etsa uni oʻrganib chiqilishi, koʻcha va ishxonadagi jamoa oʻrtasida ham kelishmovchilik tufayli tazyiqqa uchragan taqdirda bu ayolga himoya orderi berilishi mumkinligi haqida tushunchalar berdi.

Buning maqsadi tazyiqni taqiqlashga qaratilgan boʻlib, 30 kunga beriladi. Agar tazyiqlar toʻxtatilmasa yana bir oyga yaʼni 30 kunga uzaytirilishi mumkindir.

Talabalar bu mavzuda oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar. Bundan tadbirlar xotin-qizlarni jamiyatda oʻz oʻrnini topishi, munosib himoya etilishini taʼminlashda muhim omildir. Zero, har bir xotin-qiz oʻz huquqini bilsa, xavfsiz yashash imkoniyatini yanada oshiradi.

Qodirjon Shodmanov,

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent,

NamDU Taʼlim menejmenti kafedrasi mudiri

Fikr bildirish