Namangan viloyati Davlatobod tumanida «Spark» rusumli avtomobilida yongʻin chiqdi
1 min read

Namangan viloyati Davlatobod tumanida «Spark» rusumli avtomobilida yongʻin chiqdi

15-noyabr kuni soat 8:20 larda Namangan shahar FVBga Davlatobod tuman «Yuksalish» MFY hududida avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

«Spark»da kelib chiqqan yong‘in avtomashina egasi va yon-atrofdagi fuqarolar tomonidan dastlabki yong‘in o‘chirish qurollari bilan bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida avtomobilning dvigatel qismi qisman yonib zararlangan.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: Namangan FVB

Fikr bildirish