40 yil oldin noyob miltiqlar o‘g‘irlagan amerikalikka 1 kunlik qamoq jazosi berildi
1 min read

40 yil oldin noyob miltiqlar o‘g‘irlagan amerikalikka 1 kunlik qamoq jazosi berildi

▪️78 yoshli Tomas Gevin AQSH ozodligi uchun kechgan urush davridagi noyob miltiqni sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. U 1771-yilda yasalgan noyob «The Christian Oerter» miltig‘ini, 18–19-asrlarga oid boshqa noyob miltiqlarni ham o‘g‘irlaganini tan olgan. Va buning uchun unga atigi 1 kunlik qamoq jazosi tayinlandi.

Og‘irroq jazo berilmaganiga sabab – Gevin o‘g‘rilikdan foyda olishni maqsad qilmagan, u noyob narsalarni to‘plashga qiziqqani uchun o‘g‘rilikka qo‘l urgan. Prokuror buni eski narsalarni to‘plashga mukkasidan ketish deb baholadi.

Fikr bildirish