Kelib chiqqan yong‘in qo‘shni xonadonga ham zarar yetkazdi
1 min read

Kelib chiqqan yong‘in qo‘shni xonadonga ham zarar yetkazdi

29-noyabr kuni soat 3:30 larda To‘raqo‘rg‘on tuman FVBga Shaxidon mahallasidagi uylardan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Yong‘in qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan va soat 3:40 larda yong‘in joyi o‘rab olingan.

Yong‘in oqibatida yashash uyining shift va tom qismidan 200 kv.metr joyi, uy-ro‘zg‘or buyumlari, uy egasiga tegishli hujjatlar hamda qo‘shni uyning tom qismidan 50 kv. metr joyi yonib zararlangan.

Sodir bo‘lgan yong‘in soat 4:35 larda o‘chirilgan. Tezkor harakat natijasida 300 kv.metr joy saqlab qolingan.

Fikr bildirish