Omikron varianti – koronavirus hali tugamasligining signali — JSST
1 min read

Omikron varianti – koronavirus hali tugamasligining signali — JSST

▪️Koronavirusning yangi varianti dunyo bo‘ylab infeksiya tarqalishini ko’paytirishi mumkin, deb xavotirlanmoqda JSST rahbari Tedros Gerbeyesus.

«Omikron misli ko‘rilmagan darajada ko‘p mutatsiyalarga ega. Hozir dunyo olimlari uning qanchalik tez tarqalishi va vaksinalarga ta’sirini o‘rganyapti», degan u.

Lotin alifbosining 15-harfi bilan nomlangan yangi variant oy boshida JARda aniqlandi. Omikron sabab davlatlar chegaralarini yopyapti, aviaqatnovlar va sayohatlarga cheklovlar qo‘yilyapti.

Fikr bildirish