Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Namanganda
1 min read

Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Namanganda

29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov rahbarligidagi ishchi guruh Namangan viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish, mahalliy tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni o’rganish maqsadida viloyatga tashrif buyurdi.

Vazir Yangi Namangan tumanida mebel mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan klaster shaklidagi yangi “Oyqiron” kichik sanoat zonasi tashkil etilishi bilan tanishdi.

Tashkil etilayotgan KSZ maydoni 10 gektar bo‘lib, jami 80 ta teng uchastkalarga bo‘lingan. Sanoat maydonlarini sotish joriy yilning 1-dekabridan boshlanib, kimoshdi savdosi orqali amalga oshiriladi.

Fikr bildirish