Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-izzat koʻrsatish-xalqimizga xos ezgu fazilat
2 mins read

Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-izzat koʻrsatish-xalqimizga xos ezgu fazilat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning chora tadbirlari toʻgʻrisidagi” qaroriga asosan har yilning Noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” etib belgilangan.

Shu munosabat bilan Namangan viloyat sudi tomonidan uzoq yillar tizimda faoliyat olib borib hozirda nafaqada boʻlgan faxriylar bilan uch avlod uchrashuvi oʻtkazildi. Uchrashuvda viloyat, tuman shahar sudining sudyalari, sudyalikka nomzodlar ishtirok etishdi.

Tadbirni viloyat sudi raisi A.Eranov ochib sud mamlakatimizda oʻtgan davr mobaynida sud-huquq sohasini demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud hokimiyatining fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirish borasida bir qator muhim islohotlar amalga oshirib kelinayotganini taʼkidladi.

Shundan soʻng soʻzni faxriy sudya Gʻ.Yaxyoxoʻjayev berdi. Gʻ.Yaxyoxoʻjayev sudyalarga yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar borasida toʻxtalib, sud faxriylariga koʻrsatilayotgan eʼtibor uchun oʻz minnatdorligini bildirdi. “Odil sudlovni chinakamiga taʼminlash, qonun ustuvorligi va adolatni barqaror boʻlishini, barcha sudyalardan fidoyilik va qatʼiyatlilikni boʻshashtirmaslikni, shuningdek  yosh sudyalar va zaxirada boʻlgan boʻlajak sudyalarga faxriylardan oʻrnak olish zarurligini aytib oʻtdi.

Shuningdek, uzoq yillik faoliyati davomida orttirgan tajribalarini sudyalar va boʻlajak sudyalar bilan oʻrtoqlashib, ularning ish faoliyatlariga ulkan zafarlar tilashdi.

Shu munosabati bilan sud tizimida uzoq yillar mehnat qilib nafaqaga chiqqan Faxriy sudyalar uchun Namangan viloyat sudi tomonidan Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Isʼhoqxon toʻra Ibrat majmuasiga va Chortoq tumanidagi “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohiga sayohat uyushtirildi.

Faxriy sudyalar Toʻraqoʻrgʻon tumanida Isʼhoqxon toʻra Ibrat muzeyiga borib shoirning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirildi va Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab faoliyati bilan tanishib oʻquvchilar bilan dildan suhbat qilindi.

Shundan soʻng faxriylar Chortoq tumanidagi “Sulton Uvays Qaraniy” hamda u zotning onalari “Bibi Naima” onamizning maqbaralarini ziyorat qildilar. Maqbara ziyorati jarayonida Qurʼoni karim tilovat qilinib, ushbu dargohdan oʻtgan barcha insonlar va majmuani obod boʻlishiga xizmat qilgan mutasaddilarni haqlariga duo qilindi.

 

 

 

Fikr bildirish