Nodirbek Abdusattorov – tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni
❗️17 yoshli shaxmatchi Polsha poytaxti Varshavada o‘tgan rapid yo‘nalishidagi jahon chempionatida sensatsiya sodir etdi. U jahon reytingidagi eng kuchli 6ta shaxmatchining 4 nafarini mag‘lub etib (ular orasida amaldagi chempion Magnus Karlsen ham bor), jahon chempioniga aylandi. Jami 13ta turdan keyin ochkolar soni teng kelgach, O‘zbekiston vakili tay-brekda boshqa bir favorit – Yan Nepomnyashiydan ustun keldi. […]
Tadqiqot: Ota-onasi tamaki chekadigan bolalarning chekuvchi bo‘lish ehtimoli ko‘p
▪️Buyuk Britaniyada yaqinda e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, ota-onasi kuniga 4 marta tamaki chekuvchi o‘smirlarning 5 foizi chekishni o‘ziga odat qilib qolgan. Bunday zararli odatga chekmaydigan oila farzandlarining 1,2 foizi o‘rganib qolgan. Bu – chekuvchi oila chekishni farzandiga meros qoldirishi ehtimoli yuqoriligini anglatadi.
Xitoyda sun’iy intellekt prokuror o‘rnini bosyapti
▪️Sun’iy intellekt prokurori jinoyatlarni 97 foiz aniqlikda o‘rgana oladi. Hozircha sun’iy intellekt 8ta umumiy jinoyat: qimor, firibgarlik o‘g‘rilik kabilarga xulosa bera oladi. Sun’iy prokuror keysning og‘zaki tavsifini eshitib, uni malakalaydi. Uning yordami bilan prokurorlarning ishi yengillashishi va ular faqat murakkab masalalarga diqqat qaratishi mumkin.
Afg‘onistonda mablag‘ yo’qligi sabab qizlar universitetlarga qaytarilmaydi
▪️Oliy ta’lim vaziri Abdul Boqi Haqqoniy qizlar uchun alohida sinfxonalar tashkillashtirish, lektorlar ishga olish uchun qo‘shimcha vaqt va pul kerak bo‘layotganini aytdi. «Tolibon» hukumat tepasiga kelgan 15-avgustdan beri xotin-qizlarga OTMlarga borish taqiqlangan. Toliblar qizlar uchun OTMlarda alohida sharoit qilib berish haqida va’da bergandi, lekin u hali ham bajarilmayapti.
UZCARD va HUMO kartalari orqali bir terminaldan toʼlov qilish mumkin boʼladi
▪️Terminal har ikkala turdagi kartalarni qabul qilishni boshlashi uchun uni yangilash kerak. Yaqin vaqt ichida banklarga yangilashni amalga oshirish uchun zarur koʼrsatmalar beriladi, deb xabar berdi Markaziy bank.
Moliyaviy mustaqil OTMlar kirish imtihonlari fanlarini o‘zlari belgilaydi
▪️Prezident qarori bilan 35ta OTMga moliyaviy mustaqillik berildi. Bu OTMlar kirish imtihonlarining qaysi fanlardan bo‘lishini, talabalarning amaliyotini va kiyim-bosh talablarini o‘zlari belgilaydi.
“Jaloliddin Manguberdi vorislari” shiori ostidagi viloyat hokimi, harbiy maʼmuriy sektor rahbari sovrini uchun tanlov oʻtkazildi.
Joriy yilning 27 dekabr kuni Namangan viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021 yil 22-noyabrdagi F-4 sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida harbiy qismlardagi muddatli harbiy xizmatchilar va yoshlar […]
Aholi orasida firibgarlar yong‘in xavfsizligi uchun pul undiryapti
▪️Kuz-qish mavsumi boshlanishida tumanlarda maxsus kiyimli odamlar o‘zini «davlat yong‘in nazorati organi xodimi» sifatida tanishtirib, 20-40 ming so‘mdan pul yig‘ib olishi kuzatiladi. Adliya vazirligi aholini ular firibgarlar ekani haqida ogohlantirdi. Majburiy to‘lanadigan to‘lovlar faqatgina: – sovuq suv; – isitish ta’minoti va issiq suv; – elektr; – gaz; – kanalizatsiya uchun. Biror tashkilot formasiga o‘xshash kiyinib […]
Yil oxirigacha boshqa yog‘ingarchilik kutilmaydi — O‘zgidromet
▪️Ertaga, 28-dekabrda havo harorati kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. 31-dekabrda esa 13 darajagacha iliq bo‘ladi.
2028-yilgacha O‘zbekistonda dasturiy mahsulotlar eksporti $1mlrddan oshiriladi
▪️Eksportda ishlaydigan 1 xodim $2 ming oylik olsa, uning maoshi yiliga $24 ming bo‘ladi. Shunday xodimlar soni 40 mingdan oshsa, ularning oyligining o‘zi $1 mlrddan oshadi, deb ma’lum qildi AKT vaziri Sherzod Shermatov. Vazirga ko‘ra, bunda eksportda qo‘shilgan qiymat deyarli 100 foiz bo‘ladi. «Shuning uchun yoshlarimiz kelajakda o‘z oilasi davrasida yashab, yaxshi daromad olmoqchi bo‘lsa, […]