“Dizayn”chilar bir odamning 30 ming dollarini qaytarmayotgani ma’lum bo‘ldi
▪️Kun.uz’ning xabar berishicha, jamoa o‘tgan yili karantin paytida bir tadbirkorning YouTube’dagi kanalida onlayn konsert berishni rejalashtirgan. Kanal egasi buning uchun ularga 60 ming dollar berishga rozi bo‘lgan. Konsertdan tushgan pullarni 30/70 taqsimlashga kelishilgan (70 foiz – tadbirkorga). Lekin qiziqchilar 30 ming dollarni olgach, tomonlar o‘rtasida nizo chiqqan va 20-dekabrga belgilangan konsert tadbirkorning kanalida berilmagan. Oradan […]
“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi
▪️2016-yilda qurilgan, O‘zbekistonda xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i boshqaruvidagi yagona 5 yulduzli mehmonxona savdoga qo‘yildi, deb xabar berdi Davaktiv. Moliyaviy maslahatchi sifatida KPMG tanlangan. Savdo bo‘yicha rasmiy taklif haqida qo‘shimcha e’lonlar beriladi.
Isroil aholisini koronavirusning 4-dozasi bilan ham emlagan 1-davlat bo‘lmoqchi
▪️To‘rtinchi buster doza, asosan, tibbiyot xodimlari va 60 yoshdan kattalar uchun bo‘lishi mo‘ljallanyapti. Bu doza bilan omikron variantiga qarshi samarali kurashish maqsad qilingan. Omikrondan ilk o‘lim holati Isroilda kecha qayd etildi. Hozircha 340ta holat aniqlangan.
31-dekabrdan 4-yanvargacha poyezd chiptalariga chegirma e’lon qilindi
▪️»O‘zbekiston temir yo‘llari»ga ko‘ra, chiptalar: ▫️nafaqaxo‘rlar, nogironlar, urush qatnashchilariga – 50 foiz; ▫️OTM, kollej, litsey, IIV, MV, DXX, DS, DB talabalari, maktab o‘quvchilari, oilaviy, jamoa bo‘lib bilet oluvchilarga – 15 foiz; ▫️ «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdlarida esa barcha toifadagi yo‘lovchilarga – 10 foiz chegirma qilinadi.
Olmaliqdagi konlarda 5 ming tonnadan ortiq oltin zaxirasi tasdiqlandi – prezident
▪️»Biz geologiya bo‘yicha o‘rganishlarni boshlaganimizda 16 mln tonnalik zaxira bor deb hisoblardik. Oltin bo‘yicha raqamlarga e’tiborga e’tibor bering – agar eng katta konimiz bo‘lgan Muruntovda 3 ming tonna oltin zaxiramiz bo‘lsa, Olmaliqdagi 5 ming tonnadan ortiq oltin zaxiralari borligi rasman tasdiqlandi”, – dedi prezident Olmaliqdagi bugungi uchrashuvda.
Namanganga tashrif buyuruvchi turistlar oqimi 3 millionga yetkaziladi
Eʼtibordan chetda qolgan 5 ta madaniy meros obʼekti restavratsiya qilinadi hamda ularga olib boruvchi infratuzilmalar tiklanadi. Boborahim Mashrab bilan ustozi “Mulla Bozor Oxun” maqbaralari rekonstruksiya qilinib, ziyoratgohga aylantiriladi. “Qodirxoʻja Eshon” uyi arxitektura yodgorligida 10 ming dona eksponat, nodir topilma va buyumlarni saqlash va namoyish qilish uchun, yangi Adabiyot va sanʼat muzeyi tashkil etiladi. Viloyatda yangi […]
Rossiyada Putindan boshqa siyosiy prezident qolmadi
▪️Vladimir Putin imzolagan qonun bilan, hududlar rahbarlarini bundan buyon rasman prezident deb atash taqiqlandi. Ularning lavozimini mahalliy qonunlar asosida gubernator yoki shu kabi boshqa nom bilan atash mumkin, lekin prezident deb bo‘lmaydi. Bu qonun asosida, shuningdek, hududiy rahbarlar ikki martadan ortiq saylanishi mumkin bo‘ldi. Avval ular xuddi mamlakat prezidenti kabi ikki martadan ko‘p saylanishga haqli […]
«Men ham buning tarafdori emasman» — Ruslanbek Davletov totalizatorlar haqida
▪️Toshkentda o‘tgan yoshlar forumida adliya vaziridan totalizatorlar haqidagi fikri so‘ralgan. «Taqiqlash haqida fikr bildiradigan bo‘lsam, hozir inson sifatidagi va adliya vaziri sifatidagi fikrim aralashib ketib qoladi. Lekin ikkalasi aralashsa ham aytaman: men ham buning tarafdori emasman», – dedi u. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil qilganlarga ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik bor.
Namanganda chet tillar instituti tashkil etiladi
▪️Qaror loyihasiga ko‘ra, Namanganda Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti ochiladi. O‘quv jarayoni 2022/23-yildan boshlanishi kutilmoqda.
Maktablarda yo‘l harakati qoidalari bilan shug‘ullanuvchi katta inspektor lavozimi joriy qilinadi
▪️Tegishli qonun loyihasiga ko‘ra, katta inspektor lavozimi amaldagi shtat birligi doirasida joriy etiladi. Katta inspektorlar targ‘ibot olib borish, tadbirlar tashkillashtirish, ularni OAVda yoritish, yo‘l harakati qoidalarining o‘qitilishini monitoring qilib borish bilan shug‘ullanadi.