19 Okt, 2024
1 min read

Kelib chiqqan yong‘in qo‘shni xonadonga ham zarar yetkazdi

29-noyabr kuni soat 3:30 larda To‘raqo‘rg‘on tuman FVBga Shaxidon mahallasidagi uylardan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Yong‘in qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan va soat 3:40 larda yong‘in joyi o‘rab olingan. Yong‘in oqibatida yashash uyining shift va tom qismidan 200 kv.metr joyi, uy-ro‘zg‘or buyumlari, uy egasiga tegishli hujjatlar hamda qo‘shni uyning tom qismidan […]

1 min read

40 yil oldin noyob miltiqlar o‘g‘irlagan amerikalikka 1 kunlik qamoq jazosi berildi

▪️78 yoshli Tomas Gevin AQSH ozodligi uchun kechgan urush davridagi noyob miltiqni sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. U 1771-yilda yasalgan noyob «The Christian Oerter» miltig‘ini, 18–19-asrlarga oid boshqa noyob miltiqlarni ham o‘g‘irlaganini tan olgan. Va buning uchun unga atigi 1 kunlik qamoq jazosi tayinlandi. Og‘irroq jazo berilmaganiga sabab – Gevin o‘g‘rilikdan foyda olishni maqsad qilmagan, u […]

1 min read

Pop tuman hokimligi partiyalar uchun 88 mln ajratib berdi

Pop tuman hokimining farmoyishiga asosan tumandagi siyosiy partiyalarning moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun pul mablag‘lari ajratilgan. Pop tuman mahalliy budjetining 2021-yil zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tuman hokimligiga 88.8 mln so‘m mablag‘ tumandagi siyosiy partiyalar moddiy texnika bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun ajratilgan.

1 min read

NAMANGANLIK ADIBNING KITOBLARI RUS TILIDA

Insoniyatning xalqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan kurashini, gʻoyalar bilan gʻoyalarning toʻqnashuvlarini, boʻronning quturgan shamolga qarshi borishini, adolat va haqiqatning ulugʻ tantanasini, xalqimizning milliy xususiyati va ruhiyatini oʻzida mujassam etgan, taniqli olim Zohidjon Sodiqov tomonidan katta mahorat bilan nemis tiliga oʻgirilgan, Germaniyaning eng nufuzli «Deutscher Buecheri» kutubxonasidan oʻrin olgan, millionlab uquvchilar eʼtirofiga sazovor boʻlgan «Afgʻon shamoli […]

1 min read

Koronavirusning yangi varianti «Omikron» deb nomlandi

▪️Omikron – grek alifbosidagi 15-harf. Janubiy Afrikada topilgan yangi variant qisqa muddatda ko‘pchilikni xavotirga solib qo‘ydi. Uning koronavirusning boshqa variantlaridan xavfliroq, vaksinaga chidamli va tez tarqaluvchan ekani aytildi. Lekin aniq xulosalar uchun bir necha hafta kerak bo‘ladi. Hozirda xorij davlatlari Afrika mamlakatlari bilan aviaqatnovlarni to‘xtatyapti.

1 min read

AQSHda to‘pponchalar soni odamlardan ham ko‘proq

▪️Har 100 nafar amerikalikka 120ta qurol to‘g‘ri keladi. Dunyoning hech bir joyida to‘pponchalar soni aholi sonidan oshiq emas. To‘pponchalar soni bo‘yicha 2-o‘rinda Folkland orollari turadi: u yerda har 100 kishiga 62ta to‘pponcha to‘g‘ri keladi. Necha yillardan beri nizolar ichida qolayotgan Yamanda esa 100 kishiga 53ta qurol to‘g‘ri keladi.

1 min read

Shu paytgacha bo‘lgan barchasidan farqli — Janubiy Afrikada koronavirusning yangi varianti topildi

▪️Britaniyalik olimlar yangi variant koronavirusning oldin tadqiq qilingan variantlaridan butunlay farqli va xavfli ekanini taxmin qilyapti. JSST bugun yangi variant bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishi kerak. Xavfli tomoni, yangi variant vaksinaga anchagina chidamli bo‘lishi mumkin, lekin hozircha yetarli ilmiy dalillar yo‘q. Yevropa davlatlari, Yaponiya Janubiy Afrika va uning qo‘shnilari bilan qatnovlarni to‘xtatyapti.