24 Sen, 2024
1 min read

DTM chet tilidan ijodiy imtihon tartibi va savollar namunalarini e’lon qildi

Bu yil 6 ta OTMning kirish imtihonida chet tilidan ilk marta odatiy test o‘rniga ijodiy (kasbiy) imtihon o‘tkaziladi. DTM imtihon qay tartibda o‘tishi va savollar haqida ma’lumot berdi. Foto: Kun.uz 2022–2023 o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; Samarqand davlat chet tillar instituti; Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining fanlar […]

1 min read

AI-80 markali benzin narxi qimmatlashdi

«O‘zbekneftgaz»ga tegishli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 markali benzin 6800 so‘mdan sotila boshladi. Bu birjada narxlarning oshganligi bilan izohlanmoqda. «O‘zbekneftgaz»ga qarashli AYoQShlarda AI-80 markali benzin narxi ko‘tarilib, 6800 so‘mdan sotila boshladi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. Narx oshganligi hadidagi ma’lumotlarni «O‘zbekneftgaz» matbuot xizmati ham tasdiqladi. «Odamlarga tushuntira olmayapmiz, narxlarni bozor belgilaydi. «O‘zbekneftgaz» narxlarni oshirmaydi ham, tushirmaydi […]

2 mins read

Ichimlik suv ta’minoti og‘ir holatdagi 1 545 ta mahalla ichimlik suv bilan ta’minlanadi

“Aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Foto: Kun.uz “Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, 2022–2025 yillarda: respublikadagi ichimlik suv ta’minoti og‘ir holatdagi 1 545 mahalla (shundan 2022 yilda 140 ta) ichimlik suv bilan ta’minlanadi. Buning uchun mahalliy budjetlardan jami 444,6 mlrd so‘m, shu […]

5 mins read

Oshadigan maosh-u jarimalar, yangi stipendiya turi va qoplab beriladigan turizm xarajatlari – 1 iyundan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

Kun.uz sayti 2022 yil 1 iyundan O‘zbekiston qonunchiligida kuchga kiradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi. Foto: KUN.UZ Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori oshiriladi Prezident farmoni bilan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 12 foizga oshiriladi. Shuningdek, 2022 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 920 000 so‘m; bazaviy hisoblash […]

3 mins read

Piyoda yurganlarni mukofotlash imi-jimida bekor qilib yuborilgani ma’lum bo‘ldi

Kuniga 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul to‘lash 1 yil ham davom etmasdan, yanvar oyida to‘xtatib qo‘yilgan edi. O‘shanda buning o‘rniga yangicha tartib o‘rnatilishi va’da qilingandi. Ma’lum bo‘lishicha, yangi tartib joriy etilmasdan, piyoda yurganlarni rag‘batlantirish loyihasi butkul yopib yuborilgan. Mas’ullar bu haqda 50 kundan beri sukut saqlab kelmoqda. Foto: Kapital.uz Piyoda yurgan insonlarni moddiy rag‘batlantirishga […]

1 min read

O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotgan davlatlardan biri bo‘ldi

Avvalroq O‘zbekiston yanvar—mart oylarida 2,9 mlrd dollarlik oltin sotgani haqida xabar berilgan edi. Foto: Bloomberg / Andreas Gebert Chorak davomida 25 tonna oltin sotgan O‘zbekiston ushbu metallni eng ko‘p sotgan davlatlardan biri bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi xabar berdi. Markaziy banklar oltinning faol xaridorlari hisoblanadi. Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, jahon Markaziy banklarining oltin-valyuta zaxiralaridagi oltin […]

2 mins read

Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga bir martalik pul tarqatiladi

Prezident qaroriga binoan, pensionerlar va nafaqa oluvchilarga 300 mingdan 400 ming so‘mgacha bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Kam ta’minlangan oilalarga bu oilalardagi har bir bola uchun 200 ming so‘mdan beriladi. Shuningdek, muayyan toifadagi ehtiyojmand oilalarga har bir oila a’zosi uchun 20 kilogrammdan un tarqatiladi. “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” […]

1 min read

O‘zbekistonning qator hududlarida yana sel xavfi e’lon qilindi

Joriy yilning 27-29 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘irlar yog‘adi. Foto: KUN.UZ “O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 27-29 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan: Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida; Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida; Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, […]

2 mins read

Rossiya Mehnat vazirligi O‘zbekistondan kelishi mumkin bo‘lgan migrantlar soniga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashni rejalashtirmoqda

Rossiya Mehnat vazirligi Rossiyaga chet elliklarni ishga joylashtirish bo‘yicha pilot loyiha doirasida mamlakatga kirishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonlik migrantlar soniga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashni taklif qilmoqda. Hozirda ushbu cheklovga ko‘ra, pilot loyiha doirasida 10 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaga ishlash uchun bora oladi, deb xabar beradi “Kommersant”. Foto: Sputnik Shuningdek, idora tarmoq tamoyilini bekor qilish tarafdori — hozircha […]

2 mins read

Ikki viloyatda bosh soliqchilar o‘zgardi

Namangan viloyati DSB boshlig‘i Farg‘ona viloyatiga xuddi shu lavozimga o‘tdi, uning o‘rnini birinchi o‘rinbosari egalladi. O‘zbekiston prezidenti farmoyishiga asosan Alisher Nosirovich Boyxanov Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Alisher Boyxanov / Namangan viloyati hokimligi Alisher Boyxanov 1972 yilda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1994 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi […]