2021
O‘zbekistonning ayrim hududlarida yana changli bo‘ronlar kuzatilishi mumkin
▪️21-dekabrda Turkmanistondan changli bo‘ronlar kirib kelishi kutilyapti, deb xabar berdi O‘zgidromet. Shu sabab Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va respublikaning cho‘l hududlarida chang bo‘ron va g‘uborlar kuzatilishi mumkin.
Maktablarda yangi yil bayrami o‘tkazilmaydi — XTV
▪️Vazirlik yuqori sinflar ishtirokida bayram o‘tkazish, archa bezatish va ota-onalardan pul yig‘ish mumkin emasligini ma’lum qildi. Istisno tariqasida faqatgina boshlang‘ich sinf o‘quvchilari darslariga xalaqit bermagan holdagina tadbir o‘tkazishlari mumkin.
UzAuto Motors 4ta mashina sotib olish bo‘yicha arizalar qabulini to‘xtatdi
▪️20-dekabrdan 1-fevralgacha Nexia, Spark, Cobalt, Lacetti avtomobillari uchun yangi arizalar qabul qilinmasdan buyurtma qilingan mashinalarni ishlab chiqarishga e’tibor qaratiladi. Avvalroq UzAuto Motors Captiva 5 avtomobili uchun shartnoma tuzishni to‘xtatib, to’lov qilganlarga pullari qaytarilishini bildirgandi.
Faqat Boysunda o‘sishi aytilayotgan o‘simlik Xalqaro Qizil ro‘yxatga kiritildi
▪️Buxoro molusellasi deb ataladigan o‘simlik Xalqaro Qizil roʼyxatga “butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida” maqomi ostida kiritilgan. Yarim asr davomida tur ko‘payishi 79 foizga qisqarib ketgan. Bu tur tabiatda 600ga ham yetmaydigan miqdorda kam qolgan. — O‘zFA
O‘zbekistonda yashab kelayotgan afg‘onlar majburan chiqarib yuborilmaydi
▪️Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashevga ko‘ra,15-avgust voqealaridan keyin Amudaryodan 150 nafarga yaqin afg‘on O‘zbekistonga suzib o‘tgan va ularning hammasi vataniga qaytarilgan. «O‘zbekiston hududida yashab kelayotgan afg‘on fuqarolarini kuch bilan, majburiy tarzda vataniga qaytarish rejalarimiz yo‘q. Ammo Termizda ommaviy tarzda yashab kelayotgan qochoqlarning katta lageri yoki shunga o‘xshash alohida maskani haqidagi gaplar yolg‘on», – […]
🔧Suv ta’minoti tarmoqlariga eng ko‘p noqonuniy ulanish Xorazm viloyatida aniqlangan
💦 2021-yilning 11 oyi davomida «O‘zsuvta’minot» va uning hududiy bo‘limlari tomonidan suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlariga 3 704 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan. ❗️Eng yuqori ko‘rsatkichlar: 1️⃣ Xorazm viloyatida – 910 ta; 2️⃣ Namangan viloyatida – 714 ta; 3️⃣ Toshkent viloyatida – 599 ta holat. 💵Mazkur qonunbuzarliklar tufayli davlat va jamiyat manfaatlariga jami 35,2 […]
Fuqaro uyida pirotexnika sotayotgani aniqlandi
8-dekabr kuni Namangan viloyat Uchqo‘rg‘on tuman IIB hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadan turli hajmdagi 21 dona qog‘oz qutilari ichida pirotexnika vositalari borligi aniqlangan. Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 250¹-moddasi […]
Xalq deputatlari Chust tuman Kengashining navbatdagi 40-sessiyasi davom etmoqda.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsizlarni tikuvchilik, hunarmandchilik va meva-sabzavotchilik, yoʻnalishlarda tashkil etiladigan 20 ta ishlab chiqarish kooperativlariga 2,0 ming nafar aholini aʼzo sifatida biriktirish hamda 2,5 ming nafar fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash, tomorqa yer maydonlarini rivojlantirish uchun subsidiya mablagʻlari ajratiladi. 2022-2026 yillarda “1+1 tamoyili” asosida 8419 nafar yoshlarni tumanda faoliyat yuritayotgan […]
“O‘zbekneftgaz” AYQSHlarida AI-80 benzini narxi 6500 so‘mga tushirildi
▪️Narx 26-noyabrdan beri 6890 so‘m edi. Biroq ko‘plab shoxobchalarda tushdan keyin AI-80 benzin topilmayotgandi. Kompaniya tanqislikni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini ham ma’lum qilgan. “O‘zbekneftgaz” matbuot kotibining Kun.uz’ga bildirishicha, AI-80 narxini yanada pasaytirish rejalashtirilmoqda.
Dunyodagi eng uzun temiryo‘l liniyasi qurildi
▪️Portugaliyaning Lagush shahridan boshlanadigan yo‘l Singapurgacha boradi. Bu liniya Laosning Boten va Ventyan shaharlari o‘rtasidagi qurilgan temiryo‘l sabab tarixdagi eng uzun temiryo‘lga aylandi. Temiryo‘l 13ta davlat hududidan o‘tadi, umumiy uzunligi 18 655 km. Bu masofani 3 haftada bosib o‘tish mumkin.