Fuqaro uyida pirotexnika sotayotgani aniqlandi
1 min read

Fuqaro uyida pirotexnika sotayotgani aniqlandi

8-dekabr kuni Namangan viloyat Uchqo‘rg‘on tuman IIB hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadan turli hajmdagi 21 dona qog‘oz qutilari ichida pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 250¹-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Fikr bildirish