Xalq deputatlari Chust tuman Kengashining navbatdagi 40-sessiyasi davom etmoqda.
1 min read

Xalq deputatlari Chust tuman Kengashining navbatdagi 40-sessiyasi davom etmoqda.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsizlarni tikuvchilik, hunarmandchilik va meva-sabzavotchilik, yoʻnalishlarda tashkil etiladigan 20 ta ishlab chiqarish kooperativlariga 2,0 ming nafar aholini aʼzo sifatida biriktirish hamda 2,5 ming nafar fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash, tomorqa yer maydonlarini rivojlantirish uchun subsidiya mablagʻlari ajratiladi.

2022-2026 yillarda “1+1 tamoyili” asosida 8419 nafar yoshlarni tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼektlariga biriktiriladi;

2022-2026 yillarda 8932 ta aholi mavsumiy ishlarga jalb etiladi;

2022-2026 yillarda 11 mingdan ortiq fuqarolar oʻzini-oʻzi band qilish tizimini orqali bandligi taʼminlanadi.

2022-2026 yillarda aholi, ayniqsa ayollar va yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish bunda 35 ta yoʻnalishda 2727 nafar aholi tadbirkorlikka, 1180 nafar fuqarolarni kasbga qayta tayyorlash imkoniyati yaratiladi.

Fikr bildirish