2021
Afv etilgan shaxslar bilan viloyat hokimi uchrashdi
Prezident farmoniga asosan, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lgan 182 nafar mahkum Konstitutsiya kuni arafasida afv etildi. Ular orasida 4 nafar namanganliklar ham bor. Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida sektor rahbarlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari afv etilganlar bilan uchrashdi. Muloqotda afv etilgan fuqarolarning jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy muhofazasi, moddiy va […]
Norin tumani hokimining ikki o‘rinbosariga hayfsan intizomiy chorasi qo’llanilgan
Norin tumani hokimining o‘rinbosari J.Gʻaybullayev hamda B.Bo‘taboyevlarga nisbatan intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida tuman hokimining farmoni imzolangan Tuman hokimining o‘rinbosari J.Gʻaybullayev hamda B.Bo‘taboyevlarga murojaatlarni belgilangan muddatdan kechiktirib o‘rganilganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-modda 1-bandi bilan hayfsan intizomiy chorasi qo‘llanilgan.
Yangi Zelandiyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlar hech qachon sigaret sotib ola olmaydi
▪️Bu qonun bilan belgilab qo‘yilmoqda va keyingi yildan kuchga kiradi. «Biz yoshlar hech qachon sigaret chekmasligiga ishonch hosil qilmoqchimiz», deydi mamlakat tibbiyot vaziri Ayesha Verall. Yangi Zelandiyada hozir katta yoshlilarning 13 foizi kashandalar hisoblanadi. Mamlakat 2025-yilga borib chekish ko‘rsatkichini 5 foiz qisqartirmoqchi. Ayni paytda Yangi Zelandiyada uchraydigan saraton kasalligining har 4tadan bittasiga chekish sabab bo‘lyapti.
O‘zbekistonda keyingi hafta havo keskin sovishi kutilyapti — O‘zgidromet
▪️12-15-dekabr kunlari Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi va vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. Shu kunlari respublika bo‘yicha havo harorati me’yordan 8-10 daraja pasayishi kutilyapti.
Oxirgi 11 oyda poytaxtda piyodalar ishtirokida 524ta YTH sodir bo‘lib, 32 kishi vafot etgan
▪️487 kishi esa turli darajada shikastlangan, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB. YTHlarga faqat haydovchilar emas, piyodalar ham sabab bo‘ladi. Shu sabab 11 oy ichida piyodalarga 101,8 mingta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Asossiz pul yechilganda, bank mablag‘ni plastik kartaga qaytarishi kerak
▪️Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi dekabr boshida ayrim plastik kartalardan ruxsatsiz pul yechib olinish holatini o‘rganayotganini ma’lum qildi. Agentlik bunday holatda fuqaroning qanday huquqlari borligini eslatgan. FKning 327-moddasiga ko‘ra, bank asossiz yechib olingan mablag‘lar summasiga foiz to‘lashi va zararni qoplashi kerak.
Ukrainada yoshlar uchun iqtisodiy pasport joriy qilinishi mumkin
▪️Bu haqdagi qonun loyihasini prezident Vladimir Zelenskiy parlamentga ko‘rib chiqish uchun taqdim qildi. Unga ko‘ra, har bir bolaning iqtisodiy pasportida kamida $10 ming jamg‘arma yig‘iladi. Bu pullar mamlakat yer osti boyliklaridan keladigan daromad hisobidan bo‘ladi. Bu mablag‘dan bola 18 yoshga to‘lganda ta’lim, Ukrainadan uy-joy sotib olish, pensiya jamg‘armasi va davolanish uchun foydalanishi mumkin bo‘ladi.
«Xitoy iqtisodiyoti AQSHnikidan 2-3 barobar katta bo’lib ketishi mumkin» — Ilon Mask
▪️Bu haqda Ilon Mask The Wall Street Journal jurnalisti bilan bo‘lgan suhbatda ma’lum qilgan. «AQSH hozirgacha dunyodagi eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakat bo‘lib kelgan. Endilikda Xitoy iqtisodiyoti Amerika iqtisodiyotidan 2-3 barobar katta bo‘lish ehtimoli bor», – degan Tesla kompaniyasi asoschisi.
Yoshlar takliflari hukumat qaroriga kiritilishi mumkin
▪️18–25-dekabrda «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021» o‘tkaziladi. Forum doirasida yoshlar taklif va g‘oyalarini yoshlarforumi.uz platformasiga joylashtiradi. Eng ko‘p ovoz olgan takliflar yuzasidan hukumat qarori qabul qilinadi, deya ma’lum qilgan Yoshlar agentligi direktori Alisher Sa’dullayev.
O‘zbekistonda «Foreign languages» telekanali ish boshladi
▪️Yangi davlat telekanali chet tillarini o‘rgatishga ixtisoslashgan. Unda bolalarga til o‘rgatishga ixtisoslashgan maxsus dasturlar o‘z tilida, zarurat bo‘lganda tarjimali subtitrlar bilan beriladi.