18 Okt, 2024
1 min read

Angliyada yangi binolarda elektrokarlarni quvvatlash nuqtalarini qurish majburiy bo‘ladi

▪️Keyingi yildan joriy etiladigan tartib bilan Angliyada har yili 145 mingta quvvatlash nuqtalari paydo bo‘ladi. Mamlakatda 2030-yildan benzin bilan harakatlanadigan transport vositalaridan butunlay voz kechiladi. Ayni paytda Britaniyada 25 mingta elektrokarlarni quvvatlash nuqtalari bor. Yonilg‘i taqiqlanadigan 2030-yilgacha quvvatlash punktlari sonini 10 baravarga oshirish kerak.

1 min read

🔘 “Yashil makon” aksiyasida kosonsoylik imom xatiblar faollik koʻrsatishdi

🔹 Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatimizning barcha joylarida xayrli ishlar olib borilmoqda. Aksiya doirasida Namangan tumanining “Yetti buloq” istirohat bogʻida viloyatdagi diniy soha vakillari, ulamolar, nuroniylar hamda “Hidoya” oʻrta maxsus islom bilim yurti talabalari ishtirokida manzarali va mevali daraxtlarning koʻchati ekilib “Maʼrifat bogʻi” tashkil etildi. Ushbu tashkil […]

1 min read

MIB: ota 3 nafar farzandi uchun alimentni bir yo‘la to‘lab berdi

Byuroning Namangan shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, sud buyrug‘iga ko‘ra, R.M,dan undiruvchi M.M foydasiga 3 nafar farzandi uchun voyaga yetgunga qadar aliment to‘lash belgilangan. MIB tomonidan fuqaro bilan olib borilgan tushuntirishlar samara bergan. U bir yo‘la o‘z farzandlari uchun 40 mln so‘m aliment mablag‘ni oldindan to‘lab bergan. Ijro ishi amalda tamomlangan.  

1 min read

22-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish va 5 ta muhim tashabbus bo’yicha 7-sinf o‘quvchilari ishtrokida “Korreya Respublikasi madaniyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan Korreya Respublikasi milliy raqsi, sahna ko‘rinishi, qiziqarli viktorina o‘yinlari va milliy taomlar tayorlab berildi. Tadbir yakunida faol ishtrok etgan o’quvchilar taqdirlandilar.

1 min read

Deputatlarga aholi tomonidan bildirilgan 10 dan ortiq masalalar joyida hal etildi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babahanov va Gʻiyosiddin Babahanovlar tomonidan aholi vakillarining murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etishga koʻmaklashish maqsadida tizimli ishlarni amalga oshirib kelinmoqda. Birgina noyabr oyining oʻtgan davrida aholi, ayniqsa ehtiyojmand oilalar tomonidan bildirilgan 10 dan ortiq masalalar deputatlarning tashabbusi va homiylik mablagʻlari hisobiga joyida hal etildi. […]