20 Sen, 2024
1 min read

6-sinf o‘quvchisi YTH qurboni bo‘ldi

6-dekabr kuni soat 9:00 larda, Pop tumanining Guliston mahallasi hududida, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro Damas mashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 2009-yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan. Natijada, piyoda olgan og‘ir tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan. Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

1 min read

Quyoshni to‘sib qo‘yish global isishni to‘xtatadimi?

▪️Amazon kompaniyasi iqlimni mo‘tadillashtirish uchun Yerga kelayotgan quyosh nurlarini bloklab qo‘yish yo‘llari ustida izlanish olib borishga pul tikmoqchi. Bunday izlanishlardan biri – atmosferaga maxsus zarrachalar sepish orqali amalga oshiriladi. Taxminlarga ko‘ra, bunday zarrachalar quyosh nurlarining Yerga kelishini to‘sib, iqlimni sovitishga xizmat qilishi kerak.

1 min read

Rossiyada mehnat migrantlari o‘rtacha qancha maosh oladi?

▪️Migrantlar o‘rtasida maxsus so‘rovnoma o‘tkazildi. Unga ko‘ra, migrantlar o‘rtacha maoshi 47,1 ming rubl – 6 mln 899 ming so‘m ekani ma’lum bo‘lgan.  Rus tilini yaxshi biladiganlar o‘rtacha maoshi 49 ming rubl – 7 mln 178 ming so‘m, rus tilini yaxshi bilmaydiganlar esa o‘rtacha maoshi 5 mln 420 ming so‘m ekanini bildirishgan. Rossiyada migrantlar uchun qurilish […]

1 min read

«Nexia» urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi

3-dekabr kuni soat 20:20 larda, Chust tumani Shoyon mahallasi hududida, 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro «Nexia» mashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 1967-yilda tug‘ilgan ayolni urib yuborgan. Oqibatda, piyoda o‘ta og‘ir tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shifoxonada vafot etgan. Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.