“Vatan taraqqiyotiga mening hissam” Respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi gʻoliblari munosib taqdirlandi
1 min read

“Vatan taraqqiyotiga mening hissam” Respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi gʻoliblari munosib taqdirlandi

Yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ular oʻrtasida ilm-fan, sanʼat, madaniyat, axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura va dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi sohalarni yanada ommalashtirish, isteʼdodli, tashabbuskor, oʻz kasbining ustasi boʻlgan iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdek ezgu maqsadlarni mujassam etgan tanlovning viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

“Tasviriy va amaliy sanʼat”, “adabiyot va publitsistika”, “Milliy maqom va milliy estrada” yoʻnalishlarida tashkil etilgan tanlovda har bir yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar va faxrli oʻrin egalari aniqlanib, viloyat hokimligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Namangan viloyati boʻlimining darajali diplom, sertifikat va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tantanali taqdirlash marosimi yakunida madaniyat va sanʼat ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan yakunlandi. Tantanali marosimda viloyat hokimining oʻrinbosari Gʻulomjon Murodxoʻjayev ishtirok etdi va taqdirlanganlarni yuksak mukofotlar bilan qutlab, tanlovning respublika bosqichida ham munosib ishtirok etishlari va faxrli oʻrinlarga sazovor boʻlishlarini tiladi.

 

Fikr bildirish