“Yangi Oʻzbekiston yoshlar ziyo maskani”da “Korrupsiyadan holi hudud” loyihasi doirasida tadbir oʻtkazildi
1 min read

“Yangi Oʻzbekiston yoshlar ziyo maskani”da “Korrupsiyadan holi hudud” loyihasi doirasida tadbir oʻtkazildi

Ochiq muloqotda inson va fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari taʼminlanishiga jiddiy toʻsiq boʻlib kelayotgan illat – Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish, jamiyatning barcha sohalarida uning tag tomiri bilan yoʻq qilish masalasi boʻyicha fikr almashildi.

Davlatobod tumanini “Korrupsiyadan holi hudud”ga aylantirish masalasi tumanning har bir fuqarosi oldida turgan muhim insoniylik va fuqarolik burch ekanligi taʼkidlandi.

“Korrupsiyadan holi hudud” konsepsiyasi doirasida tashkil qilingan bugungi uchrashuv “Yoshlar klubi” vakillari hamda soha mutaxassislari oʻrtasida ochiq muloqot sifatida doʻstona ruhda oʻtdi.

Tadbir yakunida “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” rasmlar va insholar tanlovi gʻoliblari, shuningdek, targʻibot tadbirlarida faol boʻlgan bir guruh yoshlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Fikr bildirish