Tugatilgan mehribonlik uyi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan DIMIga aylantirilmoqda
1 min read

Tugatilgan mehribonlik uyi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan DIMIga aylantirilmoqda

Yangi Namangan tumanidagi 26-sonli Mehribonlik uyining faoliyatini tugatib, uning negizida aniq va tabiiy matematika-fizika fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatini tashkil etish bo‘yicha viloyat hokimining qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, 26-sonli Mehribonlik uyining balansidagi bino va inshootlar, egallab turgan yer maydoni, asosiy vositalari, tovar moddiy boyliklar, mebel va o‘quv-laboratoriya jihozlari, sport inventarlari, o‘quv adabiyotlari yangi tashkil etilayotgan DIMI tasarrufiga bepul o‘tkaziladi.

Mehribonlik uyining balansidagi “Mehrjon” dam olish oromgohini viloyat xalq ta’limi boshqarmasi balansiga qabul qilib olinadi va kelgusida oromgohda viloyatdagi iqtidorli o‘quvchilarni yozgi ta’til davrini o‘tkazish uchun 4 navbatlilik asosida bepul dam olishlarini tashkil etiladi.

Fikr bildirish