“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”
1 min read

“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati Olimxon Babaxanov va Gʻiyosiddin Babaxanovlar tashabusi bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida Namangan shahridagi 1-sonli DIMI, 4-sonli IDUM va 15-sonli umumiy taʼlim maktablarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirlarda Bosh Qomusimizni qabul qilinishi tarixi, Konstitutsiyaning moddalari mazmun-mohiyati oʻqituvchi va oʻquvchilar tomonidan sahna koʻrinishlari tarzida hamda sinflar tomonidan tayyorlangan devoriy gazetalarda keng yoritib berildi. Isteʼdodli yoshlar tomonidan kuy-qoʻshiqlar va raqslar ijro etildi.

Tanlov yakunida faol ishtirok etgan oʻquvchilar deputatlarning maxsus sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Fikr bildirish