Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining navbatdagi oʻttiz beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi
1 min read

Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining navbatdagi oʻttiz beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

Chortoq tumanida iqtisodiyot tarmoqlarini, shu jumladan tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini rivojlantirish orqali byudjetga tushumlar miqdorini oshirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida sektor rahbarlari bir qator ishlar amalga oshirildi.

Oʻtgan davr mobaynida 2020 yilga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 106,2 foiz, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 104,3 foiz, pudrat ishlari 109,6 foiz, chakana savdo aylanmasi 106,7 foiz va jami xizmat hajmi 121,8 foizni tashkil etmoqda.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ulushi 1 238,0 ming soʻmni, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 6 833,3 ming soʻmni, pudrat ishlari 1 533,9 ming soʻmni, chakana savdo aylanmasi 2 854,2 ming.soʻmni va xizmat hajmi 3 609,5 ming soʻmni tashkil etadi.

 

 

Fikr bildirish