1 min read
Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatining 40 foiz xodimi birdaniga ishdan bo‘shatildi
▪️Vazirlikda yetarli natija bera olmagan xodimlar ishdan olindi va ularga quyi tibbiyot muassasalarida ishlash taklifi berildi, deb xabar berdi vazirlik.
Vazirlik aholidan kelayotga murojaatlarni tahlil qilib chiqqan. 11 oyda 57,6 ming murojaat kelgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgidan 12 mingtaga ko‘p va aksari sifatsiz tibbiy xizmat haqida.
Keyingi yildan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari va tuman tibbiyot birlashmalarida ham kadrlarni yangilash islohoti davom etadi.