Denovdagi portlagan savdo markazi ostidan tuman hokimligini ta’minlaydigan gaz quvuri o‘tgan
1 min read

Denovdagi portlagan savdo markazi ostidan tuman hokimligini ta’minlaydigan gaz quvuri o‘tgan

▪️Qurilish qoidalariga ko‘ra, inshoot xavfsiz bo‘lishi uchun gaz quvuri bor joydan 4 metr uzoqda qurish kerak edi, dedi «Hududgaz Surxondaryo» gaz ta’minoti filiali direktori M.Mansurov.

«Indenim» savdo markazi quvurning ustida qurilgani bois uning sozligini tekshirish imkoni bo‘lmagan. Bu esa gaz quvurida nuqsonlar paydo bo‘lib, undan gaz chiqishiga sabab bo‘lgan.

Masala muhokama qilingan yig‘ilishda Surxondaryo viloyatida yana qancha shunday binolar borligini aniqlash topshirig‘i berildi.

Fikr bildirish