15-dekabr kuni  Respublika Maʼnaviyat  va  maʼrifat  markazi  viloyat boʻlimi tashabbusi bilan Chust  tumani Madaniyat  saroyida umumtaʼlim maktablarining Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilarning oʻquv-seminari oʻtkazildi
1 min read

Chust, Pop, Mingbuloq tumanlari maktablarida faoliyat olib borayotgan targʻibotchilar oʻquv seminari jarayonida faoliyatni yanada jonlantirish boʻyicha kerakli tavsiyalarni oldilar.

Oʻquvda pedagog Muhammadxoʻja Saidbayev, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi viloyat boʻlimi vakilasi, shoira Ruqiya Gʻoziyeva, RMMM viloyat boʻlimi vakili Akramjon Melibayev ishtirok etdilar. Oʻquvni RMMM tuman boʻlinmasi rahbari S.Nasimxonova ochdi va ishtirokchilarni oʻquvlarda faollikka chorladi.

Shu kuni shunday oʻquv seminari Namangan davlat universitetining faollar zalida Namangan shahar, Davlatobod, Toʻraqoʻrgʻon va Namangan tumanlarining Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilari ishtirokida tashkil etildi. Oʻquvda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Ziyoviddin Mansur ishtirok etdi.

Fikr bildirish