Axror Mansurov viloyat hokimining oʻrinbosari — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi
1 min read

Axror Mansurov viloyat hokimining oʻrinbosari — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi

Viloyat hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov boshchiligida faollar yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.

Hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori vazifasida ishlab kelgan Mansurov Axror Axmadaliyevich viloyat hokimining oʻrinbosari — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Axror Mansurov 1988 yilda Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2013 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2013 yilda Mingbuloq tuman davlat notarial idorasi notarius yordamchisiligidan boshlagan.

2014—2016 yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasida turli vazifalarda, 2016-2019 yillarda Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, guruh rahbari vazifalarida faoliyat yuritgan.

U 2019 yildan shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori vazifasida ishlab kelayotgandi.

Mansurov Axror Axmadaliyevich viloyat hokimining 2021 yil 22 dekabrdagi qarori bilan viloyat hokimining oʻrinbosari — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Fikr bildirish