Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Namangan viloyati bosh boshqarmasiga yangi  rahbar tayinlandi.
1 min read

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Namangan viloyati bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

Markaziy bank boshqaruvi raisining buyrugʻiga binoan Aliyev Djamshidbek Azizovich Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Namangan viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Mazkur lavozimda ishlab kelgan Gʻaybullo Vohidov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

Djamshidbek Aliyev 1978 yilda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tugʻilgan.

Maʼlumoti oliy, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Ish faoliyatini 1995 yilda Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat «Paxta Bank»ida boshlagan.

U mazkur tayinlovga qadar «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki Ichki audit departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Fikr bildirish