Doniyor Ermatov Namangan viloyati hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi.
1 min read

Doniyor Ermatov Namangan viloyati hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi.

Viloyat hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida faollar yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.

Hozirga qadar Namangan viloyati hokimligining bosh yuristi vazifasida ishlab kelgan Doniyor Pulatovich Ermatov Namangan viloyati hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi.

Doniyor Ermatov 1983 yilda Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2004 yilda Namangan davlat universitetini huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Yangiqoʻrgʻon tumani hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya masʼul kotibi lavozimidan boshlagan.

2007-2011 yillarda Namangan shahar prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish oʻrganuvchi, Namangan tuman prokurorining yordamchisi, viloyat prokuraturasi boʻlim prokurori, 2012-2015 yillarda Namangan viloyati adliya boshqarmasi tizimida turli vazifalarda faoliyat yuritgan.

U 2016 yildan shu kunga qadar Namangan viloyati hokimligining bosh yuristi vazifasida ishlab kelayotgandi.

Namangan viloyati hokimining 2021 yil 20 dekabrdagi Qaroriga asosan Doniyor Pulatovich Ermatov Namangan viloyati hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Fikr bildirish