UzAuto Lacetti va Cobalt’ni magnitolasiz sotishga o‘tdi. Lekin baribir narx oshishi mumkinligini inkor qilib bo‘lmaydi
1 min read

UzAuto Lacetti va Cobalt’ni magnitolasiz sotishga o‘tdi. Lekin baribir narx oshishi mumkinligini inkor qilib bo‘lmaydi

▪️Mikrochiplar tanqisligi sabab koreyalik hamkorlar magnitola yetkazib berishni noma’lum muddatga to‘xtatdi, deb xabar qildi UzAuto Motors. Lacetti va Cobalt uchun pul to‘lab qo‘yganlarga ikki xil variant taklif etildi:

1. Xaridor mashinasini salondan oladi, magnitolani esa bozordan o‘zi sotib oladi. Kompaniya magnitola va uni o‘rnatish xarajatlarini qoplab beradi. Qoplab beriladigan summa chegarasi ko‘rsatilmagan.

2. Xaridor mashinasini salondan oladi va magnitolasiz minib yuradi. Qachon UzAuto Motors’ga bu qurilma yetib kelsa, o‘shanda bepul o‘rnattiradi. Lekin u qachon yetib kelishi mutlaqo noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors xaridorgir modellar sotuvini 1-fevralgacha to‘xtatgan. 1-fevraldan narxlar oshishi haqidagi gap-so‘zlarga kompaniya izoh bermay kelyapti.

Xaridorgir segmentdagi mashinalar narxi oxirgi marta 2020-yil mart oyida oshirilgan.

Fikr bildirish