1 min read

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov IMG (International Management Group) turistik kompaniyasi direktori Karlos Perezni qabul qildi

Uchrashuv davomida IMG turistik kompaniyasi bilan turizm va sport sohasida hamkorlik qilish, xususan Oʻzbekiston Respublikasining turizm salohiyatini targʻib qilish bilan bir qatorda Namangan futbol akademiyasi faoliyatini chinakamiga viloyatimiz futboli rivojiga xizmat qiladigan darajada tashkil etish boʻyicha soʻz bordi.

Xususan, yosh futbolchilarni katta sportga tayyorlash, ular yordamida milliy futbolimizni xorijiy futbol darajasiga koʻtarish, qobiliyatli va umidli yoshlarni saralab olish, tarbiyalash, jahon arenalarida faoliyat yuritishlari istiqbollari muhokama qilindi.

Karlos Perez Italiyaning AS Roma futbol klubi Namangan futbol akademiyasi bilan oʻzaro hamkorlik qilishni rejalashtirgani sport sohasidagi ilk katta qadam ekani, bugungi harakatlar uzoq hamkorlik yillarida albatta oʻz mevasini berishiga ishonch bildirdi.

Fikr bildirish