Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi.
1 min read

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Dmitriy Kozak Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi keng koʻlamli hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning salohiyatini roʻyobga chiqarish muhim ekanini qayd etdi.

Fikr bildirish