“Bunaqa pulga yashab bo‘lmaydi” — To‘qayevdan yangi bayonotlar
1 min read

“Bunaqa pulga yashab bo‘lmaydi” — To‘qayevdan yangi bayonotlar

▪️Qozog‘iston prezidenti bugun tadbirkorlar bilan uchrashdi. Uning aytishicha, mamlakatda boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farq yo‘l qo‘yib bo‘lmas darajaga yetgan.

“Milliy daromadlar taqsimotida yaqqol adolatsizlik ko‘rinib turibdi. Xalqaro ekspertlar, shu jumladan KPMGga ko‘ra, Qozog‘istondagi jami boylikning yarmi 162 kishining qo‘lida to‘plangan. Aholining yarmida esa daromadlari 50 ming tengega ham yetmaydi, bu yiliga 1300 dollardan salgina oshiroq degani. Bunaqa pulga yashab bo‘lmaydi, vaziyatni zudlik bilan o‘zgartirish kerak”.

“Odamlar so‘rayapti, nega hamma biznes turlari bitta qo‘lga to‘planib qolgan? “Bizning ulardan nimamiz kam?” deyishyapti. Gegelni Babel bilan adashtiradigan, kerakli ta’limni olmagan, lekin katta miqdordagi bizneslarga egalik qilayotgan odamlar bor…”

Fikr bildirish