Namangan viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining hajmi 4,6 % ga o‘sdi
1 min read

Namangan viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining hajmi 4,6 % ga o‘sdi

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi bergan maʼlumotlariga koʻra, 2021– yilning yanvar– dekabr oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 23 trln. 557,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Oʻsish surʼat 2020– yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil etgan.

🐄 Shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda koʻrsatilgan xizmatlar– 21 trln. 706,3 mlrd. soʻmni,

🌲 Oʻrmon xoʻjaligi– 1 trln. 724,8 mlrd. soʻmni,

🐟 Baliqchilik xoʻjaligi – 126,1 mlrd. soʻmni tashkil qildi.

✅ Maʼlumot oʻrnida, Respublika qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi tarkibida Namangan viloyatining ulushi 7,4 % ni tashkil etdi.

Fikr bildirish