Namangan viloyati Chust tumani Madaniyat saroyida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovning mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi boshlandi.
1 min read

Namangan viloyati Chust tumani Madaniyat saroyida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovning mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi boshlandi.

Pop, Chust va Toʻraqoʻrgʻon tumanlari mahallalaridagi yangi tayinlangan yoshlar yetakchilari bilan oʻtkazilayotgan uchrashuv avvalida milliy gvardiya tomonidan harbiy-vatanparvarlik koʻrgazmasi, yosh tadbirkor va hunarmandlarning oʻz qoʻllari bilan tayyorlagan mahsulotlari yarmarkasi, yosh sportchi va sanʼatga oshufta qizlar hamda bolajonlar bilan muloqotlar, innovatsion ishlanmalar taqdimotlari boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv zaliga Chust doʻppisi kiyib kirgan viloyat hokimining barcha yoshlarga Chust doʻppisi tarqatish boʻyicha bergan topshirigʻi yoshlar va nuroniylar vakili tomonidan koʻtarinkilik bilan qarshi olindi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Baxtiyor Mirzatov Prezident qarori mazmun va mohiyati, galdagi vazifalarga toʻxtaldi.

Viloyat hokimining mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Fikr bildirish