Pop tumanida yana 4 ming 600 kilometr yoʻllar taʼmirlanmoqda
1 min read

Pop tumanida yana 4 ming 600 kilometr yoʻllar taʼmirlanmoqda

Keng va ravon yoʻllar har qanday kishining dilini yayratadi. Bugun yurtimizning qay bir hududiga bormang ulkan bunyodkorlik ishlariga guvoh boʻlasiz. Ayniqsa, yoʻlsozlarning qoʻli-qoʻliga tegmaydi, yoʻl qurishdek savob ish yoʻlida gʻayrat bilan mehnat qilishmoqda.

Bir paytlar qishloqlardagi loy koʻchalar muammosi aholining eʼtiroziga sabab boʻlgani rost. Bugun esa boshqa masalalar qatorida ichki yoʻllarga asfalt yotqizish ijobiy yechimini topmoqda.

Shu kunlarda Pop tumani Kenagas mahallasining koʻchalarida yoʻlni asfaltlash ishlari olib borilmoqda.

Fikr bildirish