Gaz ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat 2 kunda iziga tushishi aytildi
1 min read

Gaz ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat 2 kunda iziga tushishi aytildi

▪️“Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, bu jarayonga 2 kun ketadi. [Magistral] gaz quvurlarida bosim belgilangan me’yorlarga yetkazib olingandan so‘ng, iste’molchilarimizda gaz bilan bog‘liq muammo bartaraf etiladi”, – dedi “O‘ztransgaz” texnik siyosat bo‘limi boshlig‘i Abdulahad Isoqjonov XPKning bugungi sessiyasida.

Ayni paytda tabiiy gaz asosan aholi ehtiyojlari va issiqlik elektr stansiyalariga yo‘naltirilgan, shu sababli gaz-zapravkalar va ijtimoiy ahamiyati kam yuridik iste’molchilarga vaqtincha gaz berilmayapti. Energetika vazirligi poytaxt Toshkentda soat 17:00dan keyin xonadonlarda gaz bosimi me’yorlashishini ma’lum qildi.

Kommunal xizmatlar vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunov bugun soat 18:00 gacha respublika bo‘yicha issiq va sovuq suv ta’minoti to‘liq tiklanishini aytdi

Fikr bildirish